Skip to main content
Article

5G VA 6G TARMOQLARI: AFZALLIKLARI VA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI

ABI

Abstract

Mazkur maqolada 5G va istiqboldagi 6G mobil aloqa tarmoqlarining afzalliklari hamda ularda yuzaga keladigan xavfsizlik muammolari ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida mobil tarmoqlarning rivojlanishi nafaqat ma’lumot uzatish tezligi va xizmatlar imkoniyatlarini kengaytirishi, balki tarmoq arxitekturasi murakkablashuvi bilan birga xavfsizlikka bo‘lgan talablarni ham kuchaytirishi asoslab berildi. 5G tarmoqlarida virtualizatsiya va tarmoqni bo‘laklash texnologiyalarining joriy etilishi, 6G tarmoqlarida esa sun’iy intellektga asoslangan boshqaruv va yangi chastota diapazonlaridan foydalanish xavfsizlik masalalarini yangi ilmiy bosqichga olib chiqishi ko‘rsatildi. Maqolada mobil tarmoqlarda xavfsizlikni ta’minlashga oid zamonaviy yondashuvlar umumlashtirilib, ularning kompleks va tizimli qo‘llanilishi zarurligi xulosalandi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references