Skip to main content
Article

SIGNAL PROTSESSORLARINING OILASI

ABI

Abstract

Mazkur maqolada signal protsessorlarining oilalari misolida analog va raqamli signallarni qayta ishlash jarayoni nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot davomida analog signallarning uzluksiz tabiati, ularning real fizik jarayonlar bilan bog‘liqligi hamda shovqinlarga sezgirligi ko‘rib chiqildi. Raqamli signallarni qayta ishlashda esa diskret matematik modellar, algoritmik yondashuv va maxsus hisoblash arxitekturalarining ahamiyati yoritildi. Raqamli signal protsessorlarining razryadliligi, hisoblash modeli, parallel ishlov berish va arxitekturaviy tashkil etilishi signalni qayta ishlash samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatida tahlil qilindi. Analog va raqamli signallarni qayta ishlash usullarining amaliy taqqoslanishi asosida zamonaviy tizimlarda ushbu yondashuvlarni birgalikda qo‘llash eng samarali yechim ekanligi asoslab berildi. Olingan natijalar signalni qayta ishlash tizimlarini loyihalash va apparat platformalarni tanlashda amaliy ahamiyatga ega.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references