TARMOQ XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA FIREWALL VA IDS/IPS TIZIMLARINING ROLI
Abstract
Zamonaviy axborot tizimlarida tarmoq xavfsizligini ta’minlash kiberxavfsizlikning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ishda tarmoq infratuzilmalarini himoyalashda firewall hamda IDS/IPS tizimlarining funksional imkoniyatlari va samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida firewall texnologiyalarining trafikni filtrlash va ruxsatsiz kirishlarni cheklashdagi roli, IDS/IPS tizimlarining esa tahdidlarni aniqlash va oldini olishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Amaliy tahlillar natijasida ushbu tizimlarning alohida va integratsiyalashgan holda qo‘llanilishi tarmoq xavfsizligini sezilarli darajada oshirishi aniqlangan. Olingan natijalar axborot tizimlarida ko‘p qatlamli himoya mexanizmlarini joriy etishda va xavfsizlik siyosatini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.
Not yet translated