AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA INTERAKTIV DARSLARNI TASHKIL ETISH VA O'TKAZISHNING SAMARALI USULLARI
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada axborot texnologiyalariga asoslangan interaktiv darslarni tashkil etish va o‘tkazishning samarali usullari har tomonlama yoritilgan. Tadqiqot jarayonida zamonaviy raqamli texnologiyalar, elektron ta’lim resurslari, masofaviy ta’lim tizimlari, onlayn platformalar va multimedia vositalarining ta’lim jarayoniga ta’siri pedagogik, amaliy hamda huquqiy nuqtai nazardan tahlil qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosida interaktiv ta’limning huquqiy asoslari ochib berildi. Tadqiqot natijalari axborot texnologiyalariga tayangan interaktiv darslar o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirishi, mustaqil va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishi hamda bilimlarni chuqur va barqaror o‘zlashtirishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi.
Not yet translated