Skip to main content
Article

UZILISH NUQTALARI CHEKLI BO'LGAN FUNKSIYALARNING RIMAN INTEGRALLANISHI.

Jo'rayev Sherzod Chaqmoq o'g'liTermiz Iqtisodiyot va Servis universiteti magistrantiMaftuna Mamasharifova Muzaffar qiziTermiz Iqtisodiyot va Servis universiteti magistrantiRamazonov Oʻralbek Abdurasul oʻgʻliTermiz Iqtisodiyot va Servis universiteti magistranti
ABI

Abstract

Ushbu maqolada uzilish nuqtalari chekli bo‘lgan funksiyalarning Riman ma’noda integrallanish masalasi nazariy jihatdan tadqiq etiladi. Riman integralining asosiy ta’riflari va integrallanish shartlari asosida funksiyaning uzluksizlik xossalari bilan integrallanish o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi. Tadqiqotda uzilish nuqtalarining chekli bo‘lishi Riman integrallanishi uchun yetarli shartlardan biri ekanligi ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, uzilish nuqtalarining ta’siri integral qiymatiga qanday darajada ta’sir etishi izohlanadi. Maqolada nazariy xulosalar mantiqiy mulohazalar va tipik matematik misollar orqali mustahkamlanadi. Tadqiqot natijalari matematik analiz kursida Riman integralining mohiyatini chuqurroq anglash va funksiyalarning integrallanish shartlarini tizimli o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references