GPU VA BULUT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB TEZKOR MALUMOT TAHLILI
Abstract
Mazkur maqolada GPU va bulut texnologiyalaridan foydalanish orqali tezkor ma’lumotlar tahlilini amalga oshirish masalalari ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotda katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida an’anaviy CPU asosidagi hisoblash tizimlarining cheklovlari tahlil qilinib, GPU asosidagi parallel hisoblash imkoniyatlarining afzalliklari asoslab berilgan. Shuningdek, bulutli hisoblash infratuzilmasi orqali GPU resurslaridan moslashuvchan va samarali foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot metodologiyasi GPU va bulut texnologiyalarining integratsiyasiga asoslanib, hisoblash tezligi, resurslardan foydalanish samaradorligi hamda iqtisodiy jihatlar solishtirma tahlil qilingan. Olingan natijalar GPU va bulut texnologiyalarining birgalikda qo‘llanilishi tezkor ma’lumotlar tahlili jarayonlarida yuqori samaradorlikni ta’minlashini ko‘rsatdi. Mazkur yondashuv katta hajmdagi ma’lumotlar, sun’iy intellekt va zamonaviy analitik tizimlarda samarali yechim sifatida baholanadi.
Not yet translated