TRANSFORMATSIYA JARAYONIDA INNOVATSION BANK XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI
Abstract
Mazkur maqolada moliyaviy sektorning raqamli transformatsiyasi sharoitida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish masalalari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida bank texnologiyalarining evolyutsion bosqichlari (Bank 1.0–Bank 4.0), raqamli bank xizmatlarining mazmun-mohiyati hamda ularning bank tizimi samaradorligiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekiston bank sektorida raqamli bank xizmatlarini joriy etish holati, mavjud muammolar va rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Maqolada 2020–2024-yillar kesimida axborot va aloqa texnologiyalari sohasi, tijorat banklarining jami aktivlari va kapitalining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi tahlil qilinib, bank sektorining raqamlashtirish jarayonidagi roli asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirishda me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish hamda mobil bank xizmatlarini ustuvor yo‘nalish sifatida qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etishi aniqlangan. Maqola yakunida O‘zbekiston bank tizimida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Not yet translated