KATTA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O'STIRISHNING INNOVATSION USUL VA VOSITALARI
Abstract
Nutq bolaning bilish jarayoni,ijtimoiy moslashuvi va shaxs sifatida shakllanishida yetakchi omil hisoblanadi. Tadqiqotda katta maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda qo‘llanilayotgan innovatsion usul va vositalarining samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotning asosiy maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida nutqni o‘stirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqot davomida kuzatuv, suhbat, pedagogik tajriba -sinov ishlari hamda statistik tahlil metodlari qo‘llanildi. Natijalar innovatsion yondashuvlar bolalarda so‘z boyligining kengayishi,grammatik jihatdan to‘gʻri nutqning shakllanishi va muloqat faolligining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganini tasdiqladi. Tadqiqot xulosalari amaliyotga tadbiq etish uchun tavsiya etildi.
Not yet translated