Skip to main content
Article

SIRDARYO VILOYATIDA DORIVOR O'SIMLIKLAR RESURSLARINI BAHOLASH VA ULARNI MUHOFAZA QILISH CHORA-TADBIRLARI

ABI

Abstract

Ushbu maqolada Sirdaryo viloyatida uchraydigan dorivor o‘simliklar resurslari, ularning ekologik holati, tarqalishi va populyatsiya dinamikasi o‘rganildi. Tadqiqot davomida geobotanik kuzatuvlar, kvadratli baholash usuli, herbariy yigʻish, GIS xaritalash hamda aholi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish metodlari qo‘llanildi. Hududda jami 31 ta dorivor ahamiyatga ega o‘simlik turi qayd etildi, shuningdek, ulardan 8 tasining kamayib borayotgan toifaga mansubligi aniqlandi. Resurslarning qisqarishiga asosiy sabablar sifatida yerlarning sho‘rlanishi, chorvachilik bosimi, ekologik degradatsiya va dorivor o‘simliklarni nazoratsiz yigʻish jarayonlari keltirib o‘tildi. Maqolada turlarni muhofaza qilish va resurslarni tiklash uchun bir qator takliflar – agrotexnik ko‘paytirish, muhofaza zonalarini yaratish, nazorat ostida yigʻish, GIS monitoringini joriy etish kabi amaliy choralar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari Sirdaryo viloyatida dorivor o‘simliklar xilma-xilligi va ularning barqaror populyatsiyasini saqlash bo‘yicha ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references