Skip to main content
Article

TARIXIY TAFAKKUR TUSHUNCHASI VA UNING TARIX TA'LIMIDAGI O'RNI

ABI

Abstract

Mazkur maqolada tarixiy tafakkur tushunchasining mazmuni hamda uning oliy ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitish jarayonidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarixiy tafakkur talabalarning tarixiy voqealarni vaqt va makon doirasida anglash, sabab–oqibat munosabatlarini aniqlash, tarixiy manbalarni tahlil qilish hamda turli ilmiy talqinlarni solishtirish qobiliyatlari bilan bog‘liq murakkab intellektual faoliyat shakli sifatida talqin etiladi. Maqolada tarixiy tafakkurning oliy ta’limdagi ahamiyati an’anaviy faktologik yondashuvdan farqli ravishda, talabalarda tahliliy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim didaktik natija sifatida asoslanadi. Shuningdek, tarixiy tafakkurni shakllantirish jarayonida professor-o‘qituvchining metodik yondashuvi, tarixiy manbalar bilan ishlashni tashkil etish hamda muammoli-tahliliy vazifalardan foydalanishning ta’lim samaradorligiga ta’siri yoritiladi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim tizimida tarix fanini o‘qitishda tarixiy tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlarni takomillashtirish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references