Skip to main content
Article

Фуқаролик суд ҳужжатларини юқори инстанцияда қайта кўришда сунъий интеллект имкониятларидан фойдаланиш:қиёсий-ҳуқуқий таҳлил

ABI

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida yuqori instansiya fuqarolik sudlarida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishning nazariy-huquqiy asoslari, amaliy ahamiyati va istiqbollari keng tahlil qilingan. Muallif sun’iy intellekt texnologiyalarini fuqarolik sud ish yurituviga joriy etish sud faoliyatining tezkorligi, samaradorligi, aniqligi va shaffofligini oshirishga xizmat qilishini asoslaydi. Xususan, sud hujjatlarini tahlil qilish, ishlarni tizimlashtirish, yagona sud amaliyotini shakllantirish, sudyalarga axborot-analitik ko‘mak ko‘rsatish hamda ayrim protsessual jarayonlarni soddalashtirishda sun’iy intellektning o‘rni yoritilgan. Shu bilan birga, maqolada sun’iy intellektdan foydalanish bilan bog‘liq huquqiy, etik va tashkiliy masalalar, jumladan, inson nazoratini saqlab qolish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, qarorlar ustidan nazorat mexanizmlarini takomillashtirish va algoritmik xatolar xavfini kamaytirish zarurati alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Xorijiy davlatlar, jumladan, Xitoy, Qozog‘iston, Saudiya Arabistoni, AQSH va Singapur tajribasi asosida sud tizimida sun’iy intellektni qo‘llashning ilg‘or yondashuvlari tahlil qilinib, O‘zbekiston sud amaliyotiga mos ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan. Maqolada yuqori instansiya fuqarolik sudlarida sun’iy intellektdan foydalanishni normativ-huquqiy jihatdan tartibga solish, sudyalar va sud apparati xodimlarining raqamli kompetensiyalarini oshirish, shuningdek, sud ish yuritishda “inson — yakuniy qaror qabul qiluvchi subyekt” tamoyilini saqlagan holda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish zarurligi haqida xulosa qilingan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references