Skip to main content
Article

AVTOMOBIL CHIQINDILARINI KAMAYTIRISHDA YEVRO STANDARTLARINING ROLI VA O'ZBEKISTONDAGI EKOLOGIK STIKERLAR TIZIMI

Ikromov Boburjon Nazirjon O‘g‘liAndijon davlat texnika institute, Avtomobilsozlik va transport kafedrasi assistenti
2025uz
ABI

Abstract

Ushbu maqolada Yevro standartlarining tarixiy rivojlanishi, texnik talablari va global ta’siri tahlil qilingan hamda O‘zbekistondagi ekologik stikerlar tizimining joriy etilishi, amaliy natijalari va rivojlanish istiqbollari o‘rganilgan. Tadqiqot adabiyotlar tahlili, normativ-huquqiy hujjatlar tahlili va 280 ta avtomobil egasi bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida amalga oshirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Yevro standartlari Euro 1 dan Euro 6 gacha bo‘lgan rivojlanish davomida zaruriy emissiyalarni 95% gacha kamaytirdi. O‘zbekistonda 2021-2024-yillarda 2.8 million transport vositasiga ekologik stikerlar berildi va tizim transport vositalari texnik holatini yaxshilashga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. So‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatdiki, avtomobil egalari (73%) ekologik stikerlar tizimini qo‘llab-quvvatlaydilar, ammo texnik ko‘rik stantsiyalarining sifati (42% norozi) va jarimalar tizimi (38% nomaqul) takomillanishga muhtoj. Tadqiqot O‘zbekiston uchun ekologik standartlarni bosqichma-bosqich kuchaytirish va zamonaviy monitoring tizimlarini joriy etish strategiyasini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi.

Not yet translated

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references