Skip to main content
Other

YER POLOTNOSI ASOSIY MAYDONI GRUNTLARINI GEOSINTETIK MATERIALLARNI QO'LLAGAN HOLDA KUCHAYTIRISH SAMARADORLIGINI TEXNIK-IQTISODIY BAHOLASH

Lesov Kuvandik, SaginovichTashkent State Transport UniversityMirzaxidova Ozoda, MiarbullayevnaTashkent State Transport University
ABI

Abstract

Mazkur ilmiy ishda rels tutashuvi zonalarida gruntning deformatsiyaviy xususiyatlarini yaxshilash maqsadida geosintetik materiallar - geotekstil va yassi geopanjaralardan foydalanishning konstruktiv va iqtisodiy samaradorligi kompleks tahlil qilindi. Grafik va jadval ma’lumotlari asosida nisbiy deformatsiyaning 0,015–0,018 gacha kamayishi, struktura mustahkamlik koeffitsiyentining 1,2–1,5 darajasigacha oshishi aniqlanib, bu ko‘rsatkichlar tezyurar harakat mezonlariga muvofiqligi tasdiqlandi. Kapital xarajatlar tuzilmasi va ta’mirlashlararo muddatlarning uzayishi hisobga olingan holda, sof diskontlangan daromad mezoni asosida yillik iqtisodiy samaradorlik baholandi. Tadqiqot natijalari grunt holatini mahalliy kuchaytirish orqali yo‘l konstruksiyasi barqarorligini oshirish va ekspluatatsion xarajatlarni optimallashtirish imkonini ko‘rsatadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references