Skip to main content
Other

«Ganieva Ma'rifat Xabibovnaning ilmiy maktabini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami 2025-yil 22-oktyabr

MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETIMIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
ABI

Abstract

Ushbu “Ganieva Ma’rifat Xabibovnaning ilmiy maktabini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusiga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plamida ijtimoiy ish fanining nazariy, metodologik va amaliy jihatlari kompleks tarzda yoritilgan. Mazkur to‘plamda ijtimoiy ishning konseptual asoslari, tarixiy evolyutsiyasi va innovatsion rivojlanish bosqichlari bilan bir qatorda, aholining turli ijtimoiy-demografik toifalari bilan ishlash mexanizmlarining institutsional modellari tahlil qilingan. Shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimidagi funksional vakolatlari, boshqaruv amaliyotlari hamda ular o‘rtasidagi multisektorale hamkorlik tamoyillari ilmiy asoslangan. To‘plamda O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy soha siyosatini modernizatsiya qilish, xususan yoshlar bilan ishlash strategiyalarini takomillashtirish, oila bilan ijtimoiy ishning metodik modellarini optimallashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishning innovatsion yo‘nalishlarini kengaytirishning dolzarb masalalari keng ilmiy tahlil etilgan. Tadqiqotlarda interdisiplinar yondashuv, evidence-based (dalillarga asoslangan) metodologiya, sotsiomadaniy determinantlar va raqamli transformatsiya jarayonlarining ijtimoiy ish amaliyotiga integratsiyalanish mexanizmlari asoslab berilgan. To‘plamdagi ilmiy maqolalar ijtimoiy xizmatlar tizimida zamonaviy boshqaruv tamoyillarining qo‘llanishi, inklyuziv siyosatning institutsional asoslari, innovatsion reabilitatsiya texnologiyalari, shuningdek, kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan professional standartlarning takomillashtirilishi bilan tavsiflanadi. Mazkur ilmiy materiallar ijtimoiy ish fanining nazariy rivojini chuqurlashtirish, amaliyotini standartlashtirish va global me’yorlar bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references