Skip to main content
Other

O'ZBEK MAQOM SAN'ATI VA UNING ZAMONAVIY TALQINLARI

ABI

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘zbek maqom san’ati milliy musiqa merosining yuksak badiiy namunalari sifatida ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Unda maqomlarning shakllanish tarixi, ijro uslublari, musiqiy-falsafiy mazmuni hamda ularning o‘zbek xalqi ma’naviyatidagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqotda shuningdek, maqom san’atining bugungi zamonaviy talqinlari — estrada, orkestr talqini, raqamli texnologiyalar asosida qayta ishlangan variantlari va yosh ijrochilar ijodidagi innovatsion yondashuvlar o‘rganiladi. Muallif maqomning zamonaviy san’at bilan uyg‘unlashuvi jarayonini tahlil qilib, uning yosh avlod ongidagi estetik ta’siri va jahon musiqiy makonida tutgan o‘rniga alohida e’tibor qaratadi. Maqola maqomning tarixiy an’analari saqlangan holda modern san’at shakllari bilan sintez qilinishi jarayonlarini tahlil etish orqali ushbu merosning bugungi kun san’at taraqqiyotidagi o‘rnini belgilashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: o‘zbek maqomi, Shashmaqom, milliy musiqa merosi, maqom ijrochiligi, zamonaviy talqin, musiqiy an’ana, maqom va innovatsiya, raqamli musiqashunoslik, ijrochilik san’ati, maqom estetikasI, milliy-madaniy meros, musiqa modernizatsiyasi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references