Skip to main content
Article

TEXNOLOGIK JARAYONLARNI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHGAN BOSHQRISH TIZIMLARI

Ismailov SunnatIslom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti magistranti
ABI

Abstract

Ushbu tezisda zamonaviy sanoat sharoitida texnologik jarayonlarni takomillashgan boshqarish tizimlari asosida avtomatlashtirishning dolzarbligi va asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Texnologik obyektlarning nolineyerligi, tashqi buzuvchi ta’sirlar va noaniqliklar sharoitida an’anaviy boshqarish usullarining cheklanganligi tahlil qilinadi hamda adaptiv va intellektual boshqarish yondashuvlarining afzalliklari asoslab beriladi. PIDregulyatorlar asosida boshqarish tizimini takomillashtirish, ularning parametrlarini avtomatik sozlash usullari hamda sun’iy intellekt, IoT va real vaqt monitoringi texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, takomillashgan boshqarish tizimlarini joriy etishda yuzaga keladigan muammolar va ularni hal etish uchun bosqichma-bosqich transformatsiya modeli taklif etiladi. Maqola texnologik jarayonlarning barqarorligini ta’minlash, mahsulot sifatini oshirish va energiya samaradorligini yaxshilashga qaratilgan ilmiy-amaliy yechimlarni yoritishga bag‘ishlangan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references