GRANULEMATOZ POLIANGIIT NEGIZIDA KECHUVCHI RINOSINUSITLI BEMORLARDA ANEMIYA VA YALLIG‘LANISH MARKERLARINING DIFFERENSIAL TASHXISDAGI AHAMIYATI
Abstract
Maqsad – poliangiitli granulematoz (PG) fonida rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarda anemiya vayallig‘lanish markerlarining (gemoglobin, gematokrit, ECHT, leykotsitlar, trombotsitlar) diff erensial diagnostik ahamiyatinibaholash. Tadqiqotga PG tashxisi qo‘yilgan 3 ta klinik guruh va surunkali rinosinusitli nazorat bemorlari kiritildi. Barchabemorlarga standart LOR-ko‘rik bilan bir qatorda umumiy qon tahlili bajarilib, ko‘rsatkichlar kasallik bosqichi vatizimli shikastlanish darajasi bilan taqqoslandi. PG guruhlarida normotsitar anemiya, ECHT ning keskin oshishi, reaktivleykotsitoz va trombotsitlar sonidagi o‘zgarishlar oddiy surunkali rinosinusitga nisbatan ancha yaqqol kuzatildi. Qonko‘rsatkichlarining kombinatsiyalangan o‘zgarishi ANCA ijobiyligi va buyrak ishtiroki bilan muvo# qlikda bo‘lib, tizimlivaskulit ehtimolini erta taxmin qilish imkonini berdi. Xulosa qilib, anemiya va yallig‘lanish markerlarini kompleks tahliliPG bilan bog‘liq rinosinusitlarni odatiy LOR-patologiyalardan farqlashda oddiy, ammo ishonchli laborator mezon sifatidataklif etiladi.