Skip to main content
Article

O'ZBEKISTONDA KICHIK BIZNESDA MOLIYAVIY NAZORAT VA AUDITNING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI

Turg'unov Bahtiyor NuriddinovichToshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Namangan filiali "Iqtisodiyot" kafedrasi katta o'qituvchisiXolmirzayeva Nargiza ZokirjanovnaNamangan sanoat va iqtisodiyot texnikumi maxsus fan o'qituvchisi
ABI

Abstract

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda kichik biznes subyektlarida moliyaviy nazorat va audit tizimlarining raqamli transformatsiyasi jarayonlari atroflicha tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali buxgalteriya hisobi, ichki nazorat, tashqi audit va moliyaviy hisobotlarning shaffofligi hamda ishonchliligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, elektron hisob-kitoblar, avtomatlashtirilgan moliyaviy monitoring, raqamli audit platformalari hamda ma’lumotlarni tahlil qilish texnologiyalarining kichik biznes faoliyati samaradorligiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, raqamli transformatsiya jarayonida yuzaga keladigan tashkiliy, texnik va huquqiy muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari kichik biznesda moliyaviy intizomni mustahkamlash, soliq va audit jarayonlarini soddalashtirish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references