MEIJI DAVLATINING TASHQI SIYOSATDAGI DASTLABKI STRATEGIYASI: IVAKURA MISSIYASINING TAHLILI
Abstract
Ushbu maqolada 1871-1873-yillarda amalga oshirilgan Ivakura missiyasining Yaponiyaning modernizatsiyasi jarayonidagi turgan o‘rni va tarixiy ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada missiyaning tashkil etilish sabablari, asosiy maqsadlari hamda uning siyosiy, iqtisodiy va madaniy natijalari yoritib beriladi. Xususan, G‘arb davlatlarining siyosiy-huquqiy tizimlari, sanoatlashuv jarayonlari, ta’lim modeli va ijtimoiy institutlarini bevosita o‘rganish orqali Yaponiya rahbariyatida konstitutsiyaviy davlat barpo etish, inson resurslarini rivojlantirish va davlat boshchiligida modernizatsiya olib borish zarurati shakllangani asoslab beriladi. Maqolada shuningdek, Ivakura missiyasi natijasida “yapon ruhi – g‘arb ilmi” (和魂洋才– Vakon yosai) tamoyilining mustahkamlanganligi hamda bu yondashuv Meiji davri islohotlarining mafkuraviy asosiga aylanganligi yoritib beriladi. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, Ivakura missiyasi Yaponiyaning mustaqil va kuchli davlat sifatida shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan strategik tarixiy tajriba bo‘lib xizmat qilgan.
Not yet translated