EKOLOGIK QADRIYATLAR VOSITASIDA MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI TARBIYALANUVCHILARINI ATROF-MUHIT BILAN TANISHTIRISH: MAHALLIY ILMIY TADQIQOTLAR TAHLILI
Abstract
Ushbu maqolada maktabga tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni ekologik qadriyatlar asosida atrof-muhit bilan tanishtirish masalalari mahalliy ilmiy tadqiqotlar tahlili orqali chuqur oʻrganilgan. Tadqiqot doirasida Oʻzbekiston olimlarining maktabgacha ta'lim muassasalarida ekologik tarbiya berishga oid ilmiy izlanishlari, ularning nazariy-metodologik asoslari, amaliy tajribalari hamda olingan natijalar atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida ekologik qadriyatlarni shakllantirish uchun milliy-madaniy xususiyatlarni e'tiborga olgan holda pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar va zamonaviy vositalardan foydalanish zaruriyati ilmiy jihatdan asoslangan. Mahalliy tadqiqotlarning tizimli tahlili maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik ong, tabiatga mehr-oqibat va ekologik mas'uliyatni rivojlantirishda Oʻzbekiston pedagogikasining oʻziga xos yondashuvlari, milliy tajriba va samarali metodikalarini yaqqol koʻrsatib berdi.
Not yet translated