VIRTUAL FIELD TRIP TEXNOLOGIYASI ASOSIDA 5–6 YOSHLI BOLALARNING KOGNITIV RIVOJLANISHINI QOʻLLAB-QUVVATLASHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI
Abstract
Mazkur maqolada virtual field trip texnologiyasidan foydalanish orqali 5–6 yoshli bolalarning kognitiv rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan innovatsion yondashuvlar yoritilgan. Raqamli ta'lim muhitida virtual ekskursiyalar bolalarning idrok, xotira, tafakkur, tasavvur va muammoli vaziyatlarni hal qilish qobiliyatini rivojlantiruvchi samarali pedagogik vosita sifatida tahlil qilindi. Adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatdiki, interaktiv sayohatlar maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv kompetensiyasini boyitishda yuqori natija beradi. Maqolada virtual field trip asosida kognitiv rivojlanishni ta'minlovchi uch bosqichli model – motivatsiya, virtual kuzatish va refleksiv-ijodiy faoliyat bosqichlari tahlil qilindi. Tahlil natijalari virtual sayohat texnologiyasini maktabgacha ta'lim jarayoniga integratsiya qilish 5–6 yoshli bolalarning intellektual salohiyatini samarali rivojlantirishga xizmat qilishini koʻrsatadi
Not yet translated