Skip to main content
Article

INGLIZ TILIDAGI SPORT KIYIM NOMLARINING TEMATIK GURUHLARGA BO'LINISHI: LEKSIK-SEMANTIK VA TERMINOLOGIK TAHLIL

Xoʻjamova Gulrux Maxamadin qizi.Termiz iqtisodiyat va servis universiteting xorijiy til va adabiyot yo'nalishi magistrantiEgamnazarova Zaynab Xolmurod qizi
ABI

Abstract

tik yadrolar” (yuqori qism, pastki qism, ustki qatlam/midlayer, to‘liq set, ichki/qo‘llab-quvvatlovchi, aksessuar-himoya, material/texnologik belgi), (2) “funksional belgi o‘qlari” (namlik, issiqlik, elastiklik, himoya, qulaylik). Tahlil natijasidaUshbu maqolada ingliz tilidagi sport kiyim nomlarini (sportswear/activewear) tematik guruhlarga ajratishning ilmiy-mezonlari ishlab chiqildi va amaliy ma’lumotlar asosida sinovdan o‘tkazildi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, sport kiyimlar bozori raqamli savdo platformalari, brend kataloglari va global standart tasniflar (bojxona/HS nomenklaturasi) orqali tez yangilanadigan, ko‘p qatlamli terminlar tizimini hosil qilmoqda. Natijada “hoodie”, “track jacket”, “sports bra”, “compression leggings”, “base layer” kabi birliklar nafaqat kiyim turi, balki funksiyasi (issiqlikni ushlash, namni chiqarish), sport turi (running, yoga, HIIT), konstruksiyasi (full-zip), materiali (recycled polyester, merino wool) hamda marketing-pozitsiyasi (athleisure) bilan bir paytda tavsiflanadi. Maqolada 5 ta manba blokidan tuzilgan kuzatuv namunasi (lug‘aviy ro‘yxatlar va brendlar e-commerce tasniflari) asosida 78 ta sport kiyim atamasi tanlab olindi. Ular uchun ikki bosqichli tasnif taklif qilindi: (1) “asosiy tema ingliz sport kiyim terminlarida kompozitsiya va birikma (multiword) modellari yuqori ulushga egaligi (78 birlikning 36 tasi birikmali/kompozit) aniqlandi; bu holat raqamli kataloglarda filtr (features) va qo‘shimcha atributlar (fit, moisture wicking, quick dry) bilan birga ishlatiladigan atamalar ko‘payishi bilan izohlanadi. Munozara qismida mazkur tasnifning o‘zbek tiliga tarjima va moslashtirishdagi afzalliklari (terminni standartlashtirish, lug‘at tuzish, ta’limda qo‘llash) ham ko‘rsatib berildi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references