TARBIYA JARAYONINI TUSHUNISHDA GERMENEVTIK YONDASHUVNING ILMIY-FALSAFIY MOHIYATI
Sobirova ZeboxonFarg`ona davlat universiteti Pedagogika nazariyasi va tarixi 1-kurs magistranti
Advances in Science and Educationjournal2026
ABI
Abstract
Mazkur maqolada tarbiya jarayonini tushunishda germenevtik yondashuvning ilmiy-falsafiy mohiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda germenevtikaning shakllanish tarixi, asosiy falsafiy g‘oyalari hamda ularning pedagogik jarayonga tatbiqi ochib beriladi. Germenevtik yondashuv tarbiyani tayyor me’yorlarni singdirish emas, balki shaxs tomonidan ma’no yaratish va talqin qilishga asoslangan dialogik jarayon sifatida izohlanadi. Tadqiqot natijalari germenevtik yondashuv tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni kuchaytirish va reflektiv tafakkurni rivojlantirishda muhim metodologik ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Topics
Identifiers
Citations and references
Cited by 00 references