Skip to main content
Article

XALQ OGʻZAKI IJODIDA CHOʻPON KONSEPTI

Shokirova Mohinur Shokir qiziIqtisodiyot va pedagogika universiteti 2-bosqich talabasi
ABI

Abstract

Ushbu maqolada cho‘pon obrazi konsepti, uning turli madaniyat va adabiyotlarda qanday shakllangani o‘rganiladi. Cho‘pon obrazi xalq og‘zaki ijodida, mifologiya va adabiy asarlarda qanday talqin etilgani tahlil qilinadi. Ushbu obraz o‘zbek adabiyoti va madaniyatida alohida o‘rin egallab, ozodlik, donishmandlik va tabiat bilan uyg‘unlik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Adabiy asarlarda cho‘pon ko‘pincha xalq donishmandligi, mehnatsevarlik va fidoyilik timsoli sifatida tasvirlanadi. Tadqiqotda tarixiy, badiiy va falsafiy jihatlar yoritilib, cho‘pon timsolining konsepti o‘rganiladi. Ayniqsa, Sharq va G‘arb adabiyotlaridagi cho‘pon obrazi qiyosiy tahlil qilinib, ularning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatib beriladi. Cho‘pon faqatgina qo‘y boquvchi emas, balki inson va tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlik, axloqiy va ijtimoiy munosabatlarning ramziy ifodasi ekanligi qayd etiladi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references