Skip to main content
Article

OʻPKANING SURUNKALI OBSTRUKTIV KASALLIKLARI VA ARTERIAL GIPERTONIYA BIRGA KECHGANDA DAVOLASH TAMOYILLARI VA REABILITATSIYASI

Zarina Azizovna YakubovaSamarqand davlat tibbiyot universiteti 1-kurs magistratura rezidenti
ABI

Abstract

Ushbu tezisda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK) va arterial gipertoniya (AG) birga kechganda klinik kechish xususiyatlari, patofiziologik o‘zaro bog‘liqligi hamda kompleks davolash va reabilitatsiya tamoyillari yoritilgan. O‘SOK va AG kombinatsiyasi yurak-qon tomir asoratlari xavfini oshirishi, nafas yetishmovchiligi va gemodinamik buzilishlarning chuqurlashuviga olib kelishi bilan ahamiyatlidir. Tezisda bronxodilatatorlar, inhalyatsion glyukokortikosteroidlar, antigipertenziv preparatlar tanlashda ularning o‘zaro ta’siri va xavfsizligi, individual yondashuv zarurligi asoslab berilgan. Reabilitatsiya jarayonida nafas gimnastikasi, jismoniy mashqlar, kislorod terapiyasi, hayot tarzini o‘zgartirish va risk omillarini kamaytirishning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Kompleks yondashuv bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, kasallikning zo‘rayishlarini kamaytirish hamda prognozni optimallashtirishga qaratilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon