Skip to main content
Article

AMIR TEMURNING TASHQI SIYOSATI VA DIPLOMATIK FAOLIYATI: SHARQ VA G'ARB O'RTASIDAGI MUNOSABATLAR TAHLILI

Mirkomil MirqodirovNavoiy davlat universiteti Tarix fakulteti Tarix yoʻnalishi 2b-guruh talabasiIlyos Abdukamilovich QuljonovNavoiy davlat universiteti Tarix fakulteti o'qituvchisi
Open MINDrepository2026
ABI

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada Amir Temurning tashqi siyosati va diplomatik faoliyati Sharq va G‘arb o‘rtasidagi xalqaro munosabatlar tizimi doirasida tahlil qilinadi. XIV asr oxiri – XV asr boshlarida Temuriylar davlati mintaqaviy va xalqaro siyosiy maydonda muhim o‘rin egallagan. Tadqiqotda Amir Temurning geosiyosiy strategiyasi, elchilik amaliyoti, Yevropa, Usmoniylar, Misr mamluklari, Xitoy va boshqa davlatlar bilan aloqalari manbashunoslik asosida o‘rganiladi. Tizimli va qiyosiy tahlil metodlari asosida Temur diplomatiyasining o‘ziga xos jihatlari va uning xalqaro siyosiy muvozanatni ta’minlashdagi roli ochib beriladi. Tadqiqot natijalari Amir Temurning tashqi siyosati faqat harbiy yurishlarga emas, balki puxta o‘ylangan diplomatik mexanizmlarga asoslanganini ko‘rsatadi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references