Reanimatsiya bo‘limida davolanayotgan bolalar ota-onalarining psixoemotsional holati: psixologik tahlil
Abstract
Mazkur tadqiqot reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan bolalarning yosh tarkibi, asosiy tashxislari hamda ushbu holatlarning ularning onalarida yuzaga keladigan psixoemotsional stress darajasiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida bir oy mobaynida reanimatsiya bo‘limida davolangan bolalar va ularning 50 nafar onalari kuzatuvga olindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan bolalar orasida 1 yoshgacha bo‘lganlar ustunlik qilgan (56%). Onalarda stress darajasi asosan o‘rta va yuqori ko‘rsatkichlarda bo‘lib, PICU shkalasi va PSS natijalariga ko‘ra, respondentlarning katta qismi psixoemotsional zo‘riqish holatida ekanligi aniqlandi. Olingan ma’lumotlar reanimatsiya sharoitida davolanayotgan bolalarning yaqinlariga psixologik yordam ko‘rsatish zarurligini asoslab beradi.