Skip to main content
Article

TILSHUNOSLIKDA TERMINOLOGIYANING SHAKLLANISH BOSQICHLARI: TARIXIY, NAZARIY VA METODOLOGIK TAHLIL

Odilov Bunyodbek Odil o‘g‘liSamarqand davlat chet tillar instituti mustaqil izlanuvchisi
ABI

Abstract

.Mazkur tadqiqotda tilshunoslik terminologiyasining shakllanishi va tarixiy taraqqiyoti ilmiy tafakkur evolyutsiyasi, bilish nazariyasi hamda lingvistik modellashtirish jarayonlari bilan uzviy bog‘liq holda tahlil qilinadi. Termin va terminologiya tushunchalarining gnoseologik, ontologik va metodologik asoslari ochib berilib, terminologik tizimlarning vujudga kelishi, ularning paradigmal o‘zgarishlar bilan aloqadorligi izchil yoritiladi. Tilshunoslik terminologiyasining antik falsafiy tafakkur doirasida paydo bo‘lishidan tortib, zamonaviy kognitiv, diskursiv va fanlararo integratsiyalashgan konseptual modellar darajasigacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari uzluksiz ilmiy jarayon sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, terminologiyaning ilmiy bilimni strukturallashtirish, kategoriyalash va kommunikativ muomalaga kiritishdagi hal qiluvchi o‘rni nazariy jihatdan asoslab beriladi

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references