Skip to main content
Article

XORAZM VILOYATI AHOLISINING KUNDALIK TURMUSH TARZI VA IJTIMOIY HAYOTI (1945-1985-YILLAR) MAVZUSINING TARIXSHUNOSLIGI

Quranboyeva Sevinchoy Maqsud qiziUrganch davlat universiteti tayanch doktoranti
ABI

Abstract

Ushbu maqolada 1945-1985-yillarda Xorazm viloyati aholisining ijtimoiy hayoti va kundalik turmush tarzining tarixshunoslikda yoritilish darajasi tahlil qilinadi. Ilmiy adabiyotlarda ushbu sohaning ijtimoiy ahamiyati, rivojlanish bosqichlari va davlat siyosatidagi o’rni umumrespublika miqyosida o’rganilgani ko’rsatib beriladi. Shu bilan birga mavjud tadqiqotlarda hududiy yondashuv, xususan Xorazm viloyati misolida maishiy xizmat ko'rsatish tizimining yetarli darajada kompleks tadqiq etilmagani asoslanadi. Sovet davrida yaratilgan ilmiy tadqiqotlar hamda mustaqillik yillarida chop etilgan asarlarda esa aholi turmush sharoiti, ijtimoiy infratuzilma, maishiy xizmat ko’rsatish , ta’lim, sog’liqni saqlash va madaniy muassasalarning rivojlanishi masalalari qanday talqin etilganligi ochib beriladi. Maqola mazkur tarixshunoslikdagi bo’shliqni ko’rsatish va mavzuning ilmiy dolzarbligini asoslashga qaratilgan.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references