BO’LAJAK MUHANDISLARDA LOYIHALASH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING METODIK TIZIMI VA UNING DIDAKTIK ASOSLARI
Abstract
Ushbu maqolada bo’lajak muhandislarda loyihalash kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik tizimning ilmiy-didaktik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi muhandislik fanlarini o’qitishda loyihaga yo’naltirilgan yondashuv, muammoli vaziyatlar, modellashtirish va raqamli texnologiyalar integratsiyasi asosida loyihalash kompetentligini samarali shakllantirish modelini asoslashdan iborat. Metodologiya sifatida pedagogik tahlil, metodlarni tasniflash, taqqoslash hamda nazariy umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Natijada loyihalash kompetentligini rivojlantirishga yo’naltirilgan metodlar tizimi (an’anaviy, interaktiv, muammoli, loyiha, modellashtirish va raqamli metodlar) o’zaro uyg’unlashtirilib, ularning ta’lim jarayonidagi vazifalari asoslandi. Xulosa sifatida, metodik tizimni tizimli va bosqichma-bosqich qo’llash talabalarning texnik muammolarni tahlil qilish, muqobil yechimlar ishlab chiqish, texnik hujjatlashtirish hamda loyiha natijalarini taqdim etish ko’nikmalarini kompleks rivojlantirishini ta’minlashi ko’rsatildi.