SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGI, XALQARO TAVSIYALAR BO'YICHA 2 DIAGNOSTIKASI, DAVOLASH VA PROFILAKTIKASI
Abstract
Ushbu maqolada surunkali yurak yetishmovchiligining NYHA II funksional sinfi xalqaro klinik tavsiyalar asosida tahlil qilingan. Kasallikning patofiziologik mexanizmlari, klinik namoyon bo‘lishi, zamonaviy diagnostika usullari hamda farmakologik va nofarmakologik davolash tamoyillari yoritilgan. NYHA II bosqichida bemorlarda simptomlar asosan jismoniy faollik vaqtida namoyon bo‘lishi, erta tashxis qo‘yish va dalillarga asoslangan terapiya qo‘llash kasallikning progressiyasini sekinlashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan. Maqolada natriyuretik peptidlar, ekokardiografiya va boshqa instrumental tekshiruvlarning diagnostik qiymati ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, renin-angiotenzin tizimiga ta’sir qiluvchi preparatlar, beta-blokatorlar, mineralokortikoid retseptor antagonistlari hamda SGLT2 ingibitorlarining prognozni yaxshilashdagi o‘rni ilmiy asosda bayon etilgan. Profilaktik chora-tadbirlar sifatida xavf omillarini boshqarish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ahamiyati yoritilgan.