Meros nizolari bo‘yicha isbotlashning o‘ziga xos xususiyatlari
Abstract
Mazkur maqolada meros huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni sud tartibida ko‘rib chiqishda isbotlash jarayonining o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Meros ishlari bo‘yicha isbotlash predmeti nizoning toifasiga bevosita bog‘liq bo‘lib, merosning ochilganligi, merosxo‘rlar doirasi, meros tarkibi, merosni qabul qilish faktlari, vasiyatnoma mavjudligi hamda noloyiq merosxo‘rlar masalasi kabi muhim holatlar asosiy isbotlash obyekti sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada dalillar bazasining shakllanishi, notarial hujjatlarning isbot kuchi, sud tomonidan dalillarni talab qilib olish vakolatlari va meros ishlari bo‘yicha ekspertiza tayinlash amaliyoti ham yoritiladi. Shuningdek, qaramog‘ida bo‘lganlik va qarindoshlik munosabatlari faktlarini aniqlash doirasida dalillarni baholashdagi muammolar sud amaliyoti misolida tahlil qilinadi.