<b>FOTOELEKTRIK MODULLAR BILAN INTEGRATSIYALANGAN TROMB DEVORINING SAMARADORLIGIGA TASHQI OMILLAR VA IQLIM O‘ZGARISHINING TA’SIRINI EKSPERIMENTAL</b><b> TAHLILI</b><b></b>
Abstract
Fotoelektrik modullar integratsiyalangan Tromb devorlari binolarning energiya samaradorligini oshiruvchi barqaror tizim sifatida baholandi. DC ventilatorli va ventilatorsiz ikki model orqali changli hamda changsiz kunlar tahlil qilindi. Changsiz kunlarda ventilator qo‘llanganda tizimning issiqlik va elektr samaradorligi mos ravishda 12,2% va 18,4% teng bo‘ldi, ventilatorsiz rejimda esa bu ko‘rsatkichlar sezilarli oshdi. Changli kunlarda esa har ikki modelda samaradorlik pasaygani kuzatildi. Tadqiqotda binolarning tomi va fasadlariga quyosh energiyasini integratsiya qilish orqali energiya iste’molini sezilarli darajada kamayishiga etibor qaratilmoqda sovitish tizimlarining ventilatorlar o‘rnatilgan devor “ventilatsiyalangan Tromb devori”, ventilatorsiz variant esa “ventilatorsiz Tromb devoridagi harorat o‘zgarishlari hisobga olinib taqqoslandi. Tadqiqotda FEM harorati va tizim samaradorligi ob-havo sharoiti, chang va ventilatorlar ishlashiga bog‘liqligini ko‘rsatdi. Ventilatorlar FEMni sovitib, elektr samaradorligini oshiradi, ammo issiqlik va umumiy samaradorlik ventilatorsiz, changsiz sharoitda yuqori bo‘ladi. Chang quyosh nurlanishini kamaytirib, tizim samaradorligini pasaytiradi, natijada umumiy energiya samaradorligiga issiqlik samaradorligi hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda fotoelektrik modullar bilan integratsiyalangan Tromb devori tizimi turli sharoitlarda sinovdan o‘tkazildi. Changli havoda haroratlar va elektr samaradorligi pasaydi. Changsiz kunda elektr samaradorlik 2,4% ga yuqori bo‘lib, eng yaxshi natijalar majburiy konveksiyada 10,2% va tabiiy konveksiyada 8,4% ni tashkil etdi. Issiqlik samaradorligi esa ventilatorlar bilan 17,6%, ventilatorsiz holatda 40,1% gacha yetdi.