TA'LIM JARAYONIDA O'QUVCHILARDA LIDERLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Xaydarova Gulhayo TolibovnaBuxoro shahar 44-maktab direktori, Buxoro davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi
ABI
Abstract
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida o’quvchilarda liderlik sifatlarini shakllantirishning nazariy asoslari va amaliy mexanizmlari tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim tizimida liderlik faqat rahbarlik emas, balki tashabbuskorlik, mas’uliyat, tanqidiy fikrlash va jamoada ishlash qobiliyati bilan belgilanishi asoslab berilgan. Dars va darsdan tashqari faoliyatda qo’llaniladigan interaktiv metodlar, jamoaviy ishlar, rolli o’yinlar hamda turli yo’nalishdagi maktab loyihalarining o’quvchilar liderlik salohiyatini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, ijtimoiy, ilmiy, madaniy va sport loyihalarining tarbiyaviy samaradorligi ko’rsatib berilgan.
Not yet translated
Topics
Identifiers
Citations and references
Cited by 00 references