Skip to main content
Article

TABIIY FANLAR TA'LIMIDA SAMARALI GURUHLI ISHNI TASHKIL ETISH: METODLAR, HAMKORLIK STRATEGIYALARI VA NATIJADORLIK MEZONLARI

Safarova Shahlo Shuhratali qiziTermiz iqtisodiyot va servis universiteti Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim) 1-kurs magistranti
ABI

Abstract

Mazkur maqolada tabiiy fanlar ta’limida samarali guruhli ishni tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslari, amaliy metodlari, hamkorlik strategiyalari hamda natijadorlikni baholash mezonlari yoritiladi. Guruhli ish o‘quvchilarda ilmiy fikrlash, tajriba madaniyati, muloqot, hamkorlik, mas’uliyat va muammo yechish kompetensiyalarini shakllantiruvchi didaktik texnologiya sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda guruhni shakllantirish, rollarni taqsimlash, topshiriq dizaynini “bo‘lib bajariladigan” mexanizmda qurish, formatif baholash va refleksiya jarayonini standartlashtirish orqali natijadorlikni oshirish yo‘llari taklif qilinadi

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references