Skip to main content
Article

TORAKOABDOMINAL JAROHATLARNI TASHXISLASH VA DAVOLASH TAKTIKASIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Jurayeva Z.A., Mustafakulov I.B., Norov M.Ch.Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti
ABI

Abstract

TORAKOABDOMINAL JAROHATLARNI TASHXISLASH VA DAVOLASH TAKTIKASIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR Jurayeva Z.A., Mustafakulov I.B., Norov M.Ch. Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.18952822 Annotatsiya: Torakoabdominal jarohatlar – bu ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining birgalikdagi shikastlanishi bo‘lib, bunda diafragma va diafragmaoldi a’zolari zararlanadi. Ushbu jarohatlar og‘ir klinik kechishi, diagnostik xatolar uchrashining yuqoriligi va o‘lim ko‘rsatkichining balandligi (ayrim turdagi shikastlanishlarda 90% gacha yetishi) bilan tavsiflanadi. Asosiy muammo operatsiyadan oldingi diagnostikaning samaradorligi pastligidadir: an’anaviy vizualizatsiya usullarining sezgirligi yetarli emas, bu esa diafragma nuqsonlarini kech aniqlashga va og‘ir asoratlar, jumladan, qisilgan diafragma churralari rivojlanishiga olib keladi. Xirurgik taktikada yagona yondashuv mavjud emas, aralashuv usulini tanlash esa ko‘pincha xirurgning subyektiv tajribasiga asoslanadi, bu taktik xatolar xavfini oshiradi. Zamonaviy tadqiqotlar xirurgik kirish yo‘lini oqilona tanlash va kam invaziv texnologiyalar – laparoskopiya va torakoskopiyani kengroq qo‘llash muhimligini ta’kidlamoqda. Ushbu usullar yuqori diagnostik ahamiyatga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida davolash amaliyotlarini bajarish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish jarayonida shoshilinch tibbiy yordamni rivojlantirish, klinikalarni jihozlash va kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, bu esa endovizual texnologiyalarni yanada kengroq joriy etish uchun zamin yaratadi. Mualliflar diagnostika va davolashning unifikatsiyalashgan (yagona) algoritmlarini ishlab chiqish zarurligini ta’kidlaydilar, bu asoratlar chastotasini kamaytirish va torakoabdominal jarohatlangan bemorlarda davolash natijalarini yaxshilash imkonini beradi. Kalit so‘zlar: torakoabdominal jarohatlar; diafragma shikastlanishi; qo‘shma travma; diagnostika; laparotomiya; laparoskopiya; torakoskopiya; kam invaziv xirurgiya; operatsiyadan keyingi asoratlar; diafragma churralari; xirurgik taktika; shoshilinch tibbiy yordam.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references