Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Article

UNIVERSITETNING TA’LIM XIZMATLARI BOZORIDAGI RAQOBATBARDOSHLIGI

Bobir AdizovMoliyalashtirish, iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish departamenti boshlig‘i BuxDU mustaqil izlanuvchisi
ABI

Abstract

Globallashuv va ta’lim xizmatlari bozorining jadal rivojlanishi sharoitida oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada “OTM raqobatbardoshligi” tushunchasi haqida nazariy tushuncha berilgan, uni belgilovchi asosiy omillar tahlil qilingan va raqobatdosh ustunliklarni boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ichki va tashqi determinantlar, shuningdek, milliy va xalqaro ta’lim xizmatlari bozorlarida OTMlar o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan asosiy strategiyalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirishda ta’lim sifati, innovatsion faoliyat, ilmiy-tadqiqot salohiyati, kadrlar malakasi, xalqaro hamkorlik va raqamli texnologiyalarni joriy etish kabi omillarning ahamiyati yoritilgan. Maqolada ta’lim xizmatlari bozorida samarali marketing strategiyalarini qo‘llash, ta’lim dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish hamda talabalar uchun qulay akademik va ijtimoiy muhit yaratish orqali OTMlarning barqaror rivojlanishini ta’minlash imkoniyatlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalari rahbariyati va ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon