Skip to main content
Article

ISLOM FIQHIY MAKTABLARI

Eshniyozov Saidbek Umid o'g'liToshkent davlat tibbiyot universiteti 1-davolash fakulteti 2-bosqich talabasi
ABI

Abstract

Ushbu maqolada islom fiqhiy maktablarining paydo bo‘lishi, ularning metodologik tayanchlari, o‘zaro farqlanish mezonlari hamda Movarounnahr ilmiy muhitida, ayniqsa hanafiylikning shakllanish va mustahkamlanish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘zbek islomshunoslari va huquqshunos olimlarining ishlari asosida fiqhiy maktablar faqat diniy-amaliy yo‘nalish emas, balki shar’iy dalillarni talqin qilishning tizimli ilmiy maktablari ekani asoslanadi. Maqolada dastlabki hududiy fiqh markazlaridan shaxs nomi bilan bog‘langan mazhablar bosqichiga o‘tish, hanafiylikning Movarounnahrda ustuvor mavqega ega bo‘lish sabablari, shuningdek, Marg‘inoniy, Moturidiy, Nasafiylar, Samarqandiylar va boshqa markaziy osiyolik allomalarning fiqhiy tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni yoritiladi. Natijada fiqhiy maktablar tarixi ixtilof tarixi emas, balki me’yoriy tafakkurning institutlashuvi tarixi ekani ko‘rsatiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references