Skip to main content
Article

KIBER MAKONDA DIN: MISSIONERLIK VA PROZELITIZMNING IJTIMOIY-SIYOSIY XAVFI

Saibnazarova Farangiz Ikram qiziToshkent davlat tibbiyot universiteti 1-davolash fakulteti 2-bosqich talabasi
ABI

Abstract

Mazkur maqolada kiber makonda diniy kommunikatsiyaning kengayishi sharoitida missionerlik va prozelitizmning yangi shakllari, ularning ijtimoiy-siyosiy xavfi, shaxs ongiga ta’sir mexanizmlari hamda O‘zbekiston sharoitida ularni bartaraf etishning huquqiy, ma’rifiy va institutsional yo‘llari tahlil qilindi. Tadqiqotda normativ-huquqiy manbalar, o‘zbek tadqiqotchilari ishlari, diniy-ma’rifiy va ijtimoiy-falsafiy nashrlar asosida qiyosiy-analitik yondashuv qo‘llanildi. Natijalar O‘zbekiston qonunchiligida missionerlik va prozelitizmga yo‘l qo‘yilmasligi aniq belgilab qo‘yilgani ushbu muammoning faqat diniy emas, balki jamoat xavfsizligi va siyosiy barqarorlik bilan bog‘liq masala ekanini ko‘rsatadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references