Skip to main content
Article

O‘ZBEKISTONDA ADAPTIV SPORTNI RIVOJLANTIRISH: HUQUQIY ASOSLAR VA AMALIY NATIJALAR

Fayziyev Farrux O‘ktamovichSharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti
ABI

Abstract

Mazkur maqolada adaptiv jismoniy tarbiya va parasportning nogironligi bo‘lgan shaxslar salomatligini mustahkamlash, ularning jismoniy va ijtimoiy reabilitatsiyasini ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqotda adaptiv sport tushunchasining mazmuni, asosiy vazifalari hamda xalqaro miqyosda mavjud parasport turlarining tasnifi tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda adaptiv sportni rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va davlat dasturlarining amaliy natijalari ko‘rib chiqilgan. Paralimpiya o‘yinlarida erishilgan yutuqlar misolida so‘nggi yillarda olib borilgan islohotlarning samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari adaptiv sportni yanada rivojlantirish va inklyuziv sport muhitini kengaytirish zarurligini ko‘rsatadi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references