SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “QIL KO‘PRIK” ROMANIDA TARIXIY VA IJTIMOIY VOQELIK
Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev ijodining oʻzbek nasri taraqqiyotidagi oʻrni, uning badiiy-estetik qarashlari hamda realizm poetikasini shakllantirishdagi roli ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, adibning “Qil koʻprik” romani misolida tarixiy voqelik va shaxs ruhiyati oʻrtasidagi murakkab munosabatlar, ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarning badiiy ifodasi, “shafqatsiz realizm” unsurlarining poetik xususiyatlari ochib beriladi. Asarda Boysun muhitining badiiy makon sifatidagi ahamiyati, milliy ozodlik harakati fonida inson taqdiri va ichki ziddiyatlarining tasviri Qurbon obrazi misolida tahlil etiladi. Shuningdek, roman qahramonlari ruhiyatida mifologik tasavvur va ratsional tafakkur qarama-qarshiligi, portret va psixologik tasvir vositalarining estetik funksiyasi ilmiy asosda yoritiladi.