Skip to main content
Article

O'ZBEK TILIDAGI NUTQNI ANIQLASHDA MEL-CHASTOTALI SEPSTRAL KOEFFITSIENT (MFCC) VA YASHIRIN MARKOV MODELI (HMM) LARDAN FOYDALANISH

Nurbek Davlataliyevich NuritdinovMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta o'qituvchisi
ABI

Abstract

Ushbu maqolada o'zbek tilidagi alohida talaffuz qilingan so'zlarni avtomatik aniqlashga mo'ljallangan nutqni tanish tizimi taklif etiladi. Tizimda akustik xususiyatlarni ajratish uchun MFCC algoritmi, modellashtirish uchun esa Gaussiyali Yashirin Markov modeli qo'llanildi. Ma'lumotlar to'plami 15 nafar ishtirokchi, jumladan 9 nafar erkak va 6 nafar ayoldan shakllantirildi. Audio yozuvlar 16000 Hz chastotada, 3-5 soniya davomiylikda, shovqinsiz muhitda yozib olindi. O'qitish uchun 190 ta, sinov uchun 20 ta yozuv ishlatildi. Natijada tizim 84,2% aniqlik, 87% precision va 83% recall ko'rsatkichlariga erishdi. Bu natijalar yondashuvning o'zbekcha so'zlarni tanishda samarali va istiqbolli ekanini yaqqol ko'rsatadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references