Skip to main content
Article

YOSHLAR MADANIY EHTIYOJLARINI SHAKLLANTIRISHDA MADANIY SIYOSAT VA IJTIMOIY MUHITNING TA'SIRI

Yusufaliyev Tohirjon Yunusali og'liO'zbekiston davlat san'at va madaniyat Instituti Magistranti
ABI

Abstract

Mazkur maqolada yoshlar madaniy ehtiyojlarini shakllantirish jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy omillar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, davlatning madaniy siyosati, madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyati, ta’lim tizimi hamda ijtimoiy muhitning yoshlar madaniy qarashlari va ehtiyojlariga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot davomida yoshlarning madaniy ehtiyojlarini rivojlantirishda jamiyatdagi ijtimoiy institutlar, ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot texnologiyalarining roli ham tahlil qilinadi. Shuningdek, madaniy siyosat orqali yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni mustahkamlash, madaniy merosni asrash hamda zamonaviy madaniy jarayonlarga moslashish masalalari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari yoshlar madaniy ehtiyojlarini shakllantirish murakkab va ko‘p qirrali ijtimoiy jarayon ekanligini ko‘rsatadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references