GEGOKIMYOVIY JARAYONLARNING LANDSHAFTLAR DINAMIKASIGA TA'SIRI
Abstract
Mazkur maqolada tabiiy landshaft tizimlarida sodir bo‘ladigan geokimyoviy jarayonlar hamda ularning landshaftlarning shakllanishi va rivojlanish dinamikasiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kimyoviy elementlarning tabiiy muhit komponentlari – tuproq, suv, atmosfera va tirik organizmlar o‘rtasidagi aylanish jarayonlari o‘rganildi. Landshaft geokimyosi nuqtai nazaridan modda almashinuvi, elementlar migratsiyasi va ularning akkumulyatsiya jarayonlari landshaftlarning ichki tuzilishi hamda ekologik barqarorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari suv migratsiyasi, biogen migratsiya va texnogen migratsiya jarayonlari landshaft muhitining shakllanishi hamda hududiy geokimyoviy xususiyatlarning vujudga kelishida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatdi.
Not yet translated