Skip to main content
Article

DALACHOY, GAZANDA VA ERMON O‘SIMLIKLARINING ANTIRADIKALLIK FAOLLIGINI O‘RGANISH

Ibrohimjon Rahmonovich AsqarovAndijan State UniversityUmidjon Shokirjonovich ХусановAndijan State Medical Institute
ABI

Abstract

Ushbu maqola dalachoy, gazanda va ermon o‘simliklarining antiradikal faolligini o‘rganishga bag‘ishlangan. O‘simliklarning yer ustki qismlaridan tayyorlangan namunalar spektrofotometrik usulda tahlil qilinib, 2,2-difenil-1-pikrilgidrozil (DPPH) erkin radikalini so’ndirish usulida baholash tadqiqot natijalari keltirilgan. Olti xil nisbatdagi (1:1:1, 3:1:1, 1:3:1, 1:1:3, 3:2:1, 2:3:1,) aralashmalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, eng yuqori ingibirlash darajasi 76.17 % bo‘lib Hyrericum perforatum l, Urtica dioica l, Artemisia absinthium l larning 1:1:1 aralashmasida kuzatilgan. Tahlillar 25, 50, 75, 100 mkl gacha bo‘lgan miqdorlarda o‘tkazilib, konsentratsiya ortishi bilan ingibirlanish darajasini ortishi aks ettirilgan. Olingan natijalar mazkur aralashmaning biologik faolligini va samaradorligini tasdiqlaydi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 03 references