O'SMIRLAR O'RTASIDA GIYOHVANDLIKKA QARAMLIK TURLARI VA UNI PSIXOPROFLAKTIK TARTIBDA OLDINI OLISH
Abstract
Mazkur maqolada o‘smirlar o‘rtasida giyohvandlikka qaramlikning paydo bo‘lish sabablari, uning asosiy turlari hamda bu muammoning psixologik va ijtimoiy omillari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘smirlarning psixologik rivojlanish xususiyatlari, ijtimoiy muhit ta’siri, oilaviy tarbiya va tengdoshlar guruhi omillari giyohvandlikka moyillik shakllanishida muhim rol o‘ynashi yoritiladi. Tadqiqotda giyohvandlikka qaramlikning psixologik mexanizmlari, uning o‘smir shaxsiga salbiy ta’siri hamda ta’lim muassasalarida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan psixoprofilaktik choralar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, psixologik treninglar, profilaktik suhbatlar, psixodiagnostik metodlar va ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimi orqali giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.