Skip to main content
Article

ELASTOMER KOMPOZITLAR TAYYORLASHDA VULKANIZATSIYALASH JARAYONINI BOSHQARISH UCHUN KOMPYUTER MODELI ASOSIDA VULKANIZATSIYA VAQTINI HISOBLASH

Toshtemir Abdualiyevich AvezovTashkent Chemical-Technological Institute
ABI

Abstract

Tadqiqot davomida murakkab kо‘p komponentli elastomer kompozit mahsulotlar ishlab chiqarishda vulkanizatsiya jarayonini boshqarishda vulkanizatsiya vaqtini aniqlashga qaratilgan matematik ifodalar asosida kompyuter modeli ishlab chiqilgan. Berilgan matematik differensial tenglama koeffitsiyentlari Runge-Kutta usuli asosida hisoblangan bo‘lib, ushbu model dasturiy mahsulot sifatida integratsiyalashgan holda ishlab chiqilib, uni real sharoitda qo‘llash imkoniyati ta’minlanadi. Modelni yaratishda matematik hisob-kitoblarning aniqligi va dasturiy ta’minotning foydalanuvchi uchun qulay interfeysga ega bo‘lishi asosiy talablar sifatida belgilangan. Shu bilan birga, tadqiqot davomida vulkanizatsiya jarayonining asosiy parametrlari, ularning jarayonga ta’siri va texnologik talablarga muvofiqligi batafsil tahlil qilingan hamda tuzilgan kompyuter modeli orqali jarayonni optimallashtirish imkoniyatlari aniqlangan. Bu esa vulkanizatsiya jarayoni samaradorligini oshirish va resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarishda zamonaviy texnologik yechimlar joriy etishga imkon beradi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 010 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon