Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Latin
Article

O‘ZBEKISTONDA KONTEYNER POYEZDLARIDAN FOYDALANISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Zahro Valijonovna ErgashevaTashkent State Transport UniversityVasilya Valijonovna ErgashevaTashkent State Transport University
ABI

Abstract

Maqolada O‘zbekiston temiryo‘llarida konteyner tashuvlari sonining oshishiga ta’sir etuvchi omillarning korrelyatsion tahlili ko‘rib chiqilgan. Tahlilning ilmiy usullari, matematik statistika, iqtisodiy tahlil, regression tahlil modellari qo‘llangan. O‘zbekiston Respublikasida temiryo‘l orqali konteyner tashish hajmiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan hamda dinamikasi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, regressorlarning ta’sir darajasi va yo‘nalishini aniqlash uchun eng kichik kvadratlar usulida regression model tuzildi, bu esa, o‘z navbatida, yuqori aniqlik ko‘rsatdi. Tadqiqot davomida O‘zbekistonda blok-poyezdlar tarkibida yuklarni konteynerli import va eksport tashish hajmi yildan yilga ortib borayotganligi aniqlandi. O‘tkazilgan korrelyatsion tahlillar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda konteyner tashishlar eksport-import yuklari hajmining oshishi, boshqa omillar, jumladan, qattiq qoplamali yo‘llar uzunligining qisqarishi va avtomobil transportida yuk tashishning ko‘payishi (mln. tonnada) hisobiga o‘sish tendensiyasiga ega. Belgilangan tendensiyani saqlab qolish va konteyner tashuvlarini samarali tashkil etish uchun texnologik, tijorat, texnik va tashkiliy darajalarda tegishli infratuzilmani shakllantirish talab etiladi. Bu esa konteyner tashuvlari hajmini sezilarli darajada oshirish hamda tegishli soha va yo‘nalishlarni rivojlantirishga imkon beradi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 08 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon