Skip to main content
Article

PLANETAR-VALIKLI EKSTRUZIYA USULI BILAN QAYTA ISHLANGAN YOVVOYI ARPA SELLYULOZASINING MORFOLOGIK VA MIKROSTRUKTURA XUSUSIYATLARINI SEM TAHLILI

Nurali Xoliqulovich QarshiyevDenov tadbirkorlik va pedagogika institutiArslonnazar Shernazarovich KhusenovToshkent Kimyo-Texnologiya InstitutiFurqat Bozorovich EshqurbonovTermiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiRayxona Ilhomqizi AbdullayevaTermiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
ABI

Abstract

Ushbu maqolada noan’anaviy xomashyo manbai - yovvoyi arpa (Hordeum murinum) o‘simligi poyasidan sellyuloza ajratib olish jarayoni va olingan mahsulotning xususiyatlari tadqiq etilgan. Olingan sellyulozaning strukturaviy va morfologik xususiyatlari IQ-spektroskopiya (FTIR) hamda skanerlovchi elektron mikroskopiya (SEM) usullari yordamida o‘rganildi. Tadqiqotning o‘ziga xosligi shundaki, olingan namunaning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari an’anaviy paxta va zig‘ir sellyulozalari bilan qiyosiy tahlil qilindi. IQ-spektrlar tahlili namunalar o‘rtasida funksional guruhlarning o‘xshashligini tasdiqladi, SEM tasvirlari esa yovvoyi arpa sellyulozasining o‘ziga xos tola tuzilishi va mikromorfologiyasini namoyon etdi. Olingan natijalar Yovvoyi arpa sellyulozasining sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha an’anaviy xomashyolarga yaqinligini va undan olingan polimer kompozitlari samarali to‘ldiruvchi sifatida foydalanish imkoniyatini ko‘rsatdi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 01 references