ELEKTROLITIK DISSOTSIYALANISH MAVZUSINI O'QITISHDA VIRTUAL LABORATORIYA TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH METODIKASI
Abstract
Zamonaviy ta’lim tizimida virtual laboratoriyani joriy etish jarayoni tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Xususan, kimyo fanidagi elektrolitik dissotsiyalanish mavzusini o‘qitishda virtual laboratoriyalardan foydalanish o’rganuvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, murakkab jarayonlarni vizual tarzda tushuntirish hamda xavfsiz tajriba muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Virtual laboratoriyalar kompyuter simulyatsiyalari orqali kimyoviy jarayonlarni modellashtirish imkonini beradi. Ushbu texnologiyalar an’anaviy laboratoriya mashg‘ulotlarini to‘ldiruvchi innovatsion vosita sifatida kimyo ta’limi samaradorligini oshiradi. Mazkur maqolada Elektrolitik dissotsiyalanish mavzusini o‘qitishda virtual laboratoriyani qo’llash uning kimyo ta’limidagi o‘rni, an’anaviy laboratoriya bilan taqqoslanishi, o’rganuvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli hamda ushbu texnologiyaning afzalliklari tahlil qilinadi.